WordPress Plugin Docs

WordPress uchun OrderRepo

Bu OrderRepo WordPress plagini uchun to‘liq hujjatlar sahifasi. Bu yerda butun jarayon jamlangan: OrderRepo ichida nimalarni tayyorlash kerakligi, plaginni qanday o‘rnatish, API key qayerga yozilishi, WooCommerce va forma integratsiyalarini qanday yoqish, yuborilgan ma’lumotlarni qanday tekshirish va biror narsa ishlamasa nima qilish kerakligi.

Boshlashdan oldin kerak bo‘ladigan narsalar

  • OrderRepo ichida faol loyiha.
  • Loyiha ichiga qo‘shilgan va yoqilgan sayt domeni.
  • Faol project API key.
  • WordPress administrator huquqi.
  • Do‘kon buyurtmalarini yuborish uchun WooCommerce.

Plagin nima qiladi

Bitta integratsiya nuqtasi

Plagin WordPress saytingizni OrderRepo bilan bog‘laydi va WooCommerce buyurtmalari, frontend event’lar hamda mashhur forma plaginlarining muvaffaqiyatli yuborilishlarini jo‘nata oladi.

Muhim tafsilot

API key server tomonda qoladi

Plagin buyurtma va event’larni WordPress orqali yuboradi va API key’ni foydalanuvchi brauzeriga chiqarmaydi. Bu production saytlar uchun xavfsizroq.

Sozlangandan keyin

Tekshiruv darhol ko‘rinadi

Sozlamalar sahifasida diagnostika bloki bor: u oxirgi muvaffaqiyatli so‘rov va oxirgi xatoni ko‘rsatadi, shuning uchun ma’lumot OrderRepo’ga yetib borganini tez bilasiz.

1

Qadam

OrderRepo loyihasini tayyorlang

Plaginni o‘rnatishdan oldin OrderRepo ichida loyihani tayyorlang. Bu eng muhim bosqich: faol loyiha, domen va API key bo‘lmasa, WordPress plagini hech narsa yubora olmaydi.

  1. 1

    Loyiha yarating yoki mavjudini tanlang

    OrderRepo’ni oching va yangi loyiha yarating yoki WordPress saytingizdan buyurtma va event’lar kelishi kerak bo‘lgan mavjud loyihani tanlang.

  2. 2

    Sayt domenini qo‘shing

    Loyiha ichida example.com yoki shop.example.com kabi domenni qo‘shing. Domen faol bo‘lishi kerak, aks holda API so‘rovlari rad etiladi.

    WordPress server tomondan yuborsa ham, API Origin’ni tekshiradi. Domen baribir qo‘shilishi kerak.
  3. 3

    Project API key yarating

    API key yarating va saqlang. Keyin WordPress plagini sozlamalariga aynan shu key yoziladi.

  4. 4

    Formalarni kuzatmoqchi bo‘lsangiz event yarating

    Agar forma yuborilishlari OrderRepo’da ko‘rinsin desangiz, Events bo‘limida kerakli event’larni yarating va ularning keys’larini nusxalang.

Screenshot #1

OrderRepo ichida loyiha, domen va API key

Bu yerga loyiha, faol domen va API key qayerdan olinishi ko‘rinadigan screenshot joylashtiring.

2

Qadam

Plaginni WordPress ichida o‘rnating va yoqing

Loyiha tayyor bo‘lgach, plaginni WordPress ichiga o‘rnating. Agar sizda release arxiv bo‘lsa, o‘rnatish odatiy zip upload oqimi orqali amalga oshiriladi.

  1. 1

    Plugins bo‘limini oching

    WordPress admin panelida “Plugins” -> “Add New” bo‘limiga o‘ting. Agar plagin sizga zip arxiv ko‘rinishida berilgan bo‘lsa, upload funksiyasidan foydalaning.

  2. 2

    Plagin arxivini yuklang

    OrderRepo zip arxivini tanlang va WordPress o‘rnatishni yakunlashini kuting.

  3. 3

    Plaginni faollashtiring

    O‘rnatish tugagach “Activate” ni bosing. Faollashtirilgandan so‘ng admin panelda alohida OrderRepo sahifasi paydo bo‘ladi.

Screenshot #2

Zip arxivni WordPress orqali o‘rnatish

Bu yerga “Plugins -> Add New -> Upload Plugin” ekranining screenshot’ini joylashtiring.

3

Qadam

Plaginning asosiy sozlamalarini to‘ldiring

Faollashtirilgandan keyin WordPress admin ichida OrderRepo sahifasini oching va bazaviy sozlamalarni kiriting. Plagin ishlashi uchun shu minimum qism zarur.

  1. 1

    OrderRepo sahifasini oching

    WordPress admin chap menyusidagi OrderRepo bo‘limini bosing. Bu yerda konfiguratsiya, aniqlangan integratsiyalar va diagnostika ko‘rinadi.

  2. 2

    Project API key’ni kiriting

    Birinchi qadamda yaratilgan API key’ni API key maydoniga joylashtiring va sozlamalarni saqlang.

  3. 3

    Diagnostika blokini tekshiring

    Birinchi yuborishlardan keyin bu blok oxirgi muvaffaqiyatli so‘rov yoki oxirgi xatoni ko‘rsatadi. Biror narsa ishlamasa, eng tez javob shu yerda bo‘ladi.

    Plagin fixed API endpoint bilan ishlaydi. Base URL’ni qo‘lda sozlash shart emas.
Screenshot #3

WordPress ichidagi OrderRepo sozlamalari

Bu yerga API key maydoni, diagnostika bloki va integratsiyalar ko‘rinadigan umumiy screenshot joylashtiring.

4

Qadam

WooCommerce buyurtmalarini yoqing

Agar saytingiz WooCommerce ishlatsa, plagin buyurtmalarni avtomatik ravishda OrderRepo’ga yubora oladi. Bu server-side integratsiya bo‘lib, foydalanuvchi tomonda qo‘shimcha harakat kerak emas.

  1. 1

    WooCommerce order sync’ni yoqing

    Plagin sozlamalari sahifasida WooCommerce buyurtmalarini yuborish funksiyasini yoqing.

  2. 2

    Kuzatiladigan statuslarni tanlang

    Buyurtma qaysi statusga yetganda OrderRepo’ga yuborilishini belgilang. Odatda bu Processing, Completed yoki sizning custom status bo‘ladi.

  3. 3

    Qaysi ma’lumot yuborilishini biling

    Plagin buyurtma ID, umumiy summa, valuta, mijoz kontaktlari, mahsulotlar ro‘yxati va qo‘shimcha buyurtma ma’lumotlarini data massivida yuboradi.

  4. 4

    Test buyurtma yarating

    Frontend’da test buyurtma yarating yoki WooCommerce admin ichida buyurtma yarating va uni kuzatiladigan statuslardan biriga o‘tkazing. Shundan keyin buyurtma OrderRepo’da ko‘rinishi kerak.

Screenshot #4

WooCommerce sync sozlamalari

Bu yerga WooCommerce buyurtma yuborish yoqilgan va statuslar tanlangan screenshot’ni joylashtiring.

5

Qadam

Formalar va event tracking’ni sozlang

Plagin custom frontend formalar bilan ham, mashhur WordPress forma builder’lari bilan ham ishlaydi. Bu integratsiyalar OrderRepo event’lariga tayangan holda ishlaydi.

  1. 1

    OrderRepo ichida event yarating

    Har bir forma logikasi uchun OrderRepo’da event yarating va uning key’ni nusxalang. Masalan: lead_form_submitted yoki callback_request.

  2. 2

    Kerakli forma plaginini sozlang

    Contact Form 7, WPForms, Elementor Forms, Fluent Forms, Forminator yoki Gravity Forms ichida kerakli formani oching. OrderRepo bo‘limini toping, integratsiyani yoqing va event key’ni yozing.

  3. 3

    Custom formalar uchun data-orderreport-event ishlating

    Agar forma qo‘lda yozilgan bo‘lsa, unga data-orderreport-event atributini qo‘shing. Plagin frontend bridge’i muvaffaqiyatli submit’ni ushlab, event’ni OrderRepo’ga yuboradi.

  4. 4

    Event faol ekanini tekshiring

    Agar event OrderRepo ichida o‘chirilgan bo‘lsa, forma foydalanuvchi tomonda yuborilishi mumkin, lekin event qayta ishlanmaydi. Buni diagnostikadan ko‘rish mumkin.

Screenshot #5

Forma ichida event key sozlanishi

Bu yerga qo‘llab-quvvatlanadigan forma builder’lardan birida OrderRepo bo‘limi va event key maydoni ko‘rinadigan screenshot joylashtiring.

6

Qadam

Integratsiyani boshidan oxirigacha tekshirib chiqing

Sozlash tugagach, qisqa nazorat tekshiruvini bajaring. Bu bir necha daqiqa oladi va loyiha production uchun tayyor ekanini tasdiqlaydi.

  1. 1

    Test buyurtma yoki forma yuborishni bajaring

    Biror nazorat harakatini bajaring: WooCommerce buyurtma yarating yoki event’ga ulangan formani yuboring.

  2. 2

    WordPress ichidagi plagin sahifasini oching

    Diagnostika blokida oxirgi muvaffaqiyatli so‘rov paydo bo‘lganini tekshiring. Agar xato ko‘rinsa, avval shu xatodagi sababni to‘g‘rilang.

  3. 3

    OrderRepo interfeysini tekshiring

    OrderRepo ilovasini oching va yangi buyurtma yoki event kerakli bo‘limda paydo bo‘lganiga ishonch hosil qiling.

  4. 4

    Jamoa uchun screenshot’larni saqlang

    Hammasi ishlayotganidan keyin plagin sozlamalari, muvaffaqiyatli buyurtma va forma integratsiyasi screenshot’larini saqlab qo‘yish onboarding’ni ancha tezlashtiradi.

Screenshot #6

Integratsiya muvaffaqiyatli tekshirildi

Bu yerga OrderRepo interfeysida muvaffaqiyatli buyurtma yoki event ko‘rinadigan va/yoki WordPress diagnostikasida yashil holat ko‘rinadigan screenshot joylashtiring.

E

Event sozlamalari

Har bir qo‘llab-quvvatlanadigan forma plaginiga alohida yo‘riqnoma

Qaysi forma plaginidan foydalanayotgan bo‘lsangiz, shu tab’ni tanlang. Har bir tab ichida admin paneldagi aniq yo‘l, OrderRepo’ni qayerda yoqish, event key’ni qayerga yozish va saqlangandan keyin nimani tekshirish kerakligi ko‘rsatilgan.

CF7 Qo‘llab-quvvatlanadi

Contact Form 7 -> OrderRepo tab

Contact Form 7 forma editori ichida alohida OrderRepo tab paydo bo‘ladi. Shu yerda integratsiyani yoqish va aynan shu forma uchun event key yozish mumkin.

  1. 1

    Formani Contact Form 7 ichida oching

    WordPress admin ichida Contact Form 7 ga o‘ting va kerakli formani tahrirlashga oching.

  2. 2

    OrderRepo tab’ni tanlang

    Forma editoridagi standart tablar yonidan OrderRepo tab’ni toping.

  3. 3

    Integratsiyani yoqing

    Muvaffaqiyatli submit’larni OrderRepo’ga yuborish uchun integratsiyani yoqing.

  4. 4

    Event key kiriting

    OrderRepo loyihangizdagi faol event key’ni kiriting va formani saqlang.

Contact Form 7 event’ni faqat forma muvaffaqiyatli yuborilgandan keyin jo‘natadi. Event OrderRepo’da o‘chiq bo‘lsa, foydalanuvchi formasining o‘zi baribir ishlashi kerak.
CF7 Screenshot

Contact Form 7 ichidagi OrderRepo tab

Bu yerga CF7 forma editoridagi OrderRepo tab, toggle va event key maydoni ko‘rinadigan screenshot joylashtiring.

Sozlangandan keyin tekshirish ro‘yxati

  • Integratsiya yoqilgandan keyin forma saqlandi.
  • To‘g‘ri event key yozildi.
  • Submit’dan keyin diagnostikada muvaffaqiyatli event so‘rovi ko‘rindi.
WPForms Qo‘llab-quvvatlanadi

WPForms -> Settings -> OrderRepo

WPForms uchun plagin forma sozlamalariga alohida OrderRepo bo‘limini qo‘shadi. Sozlama har bir forma uchun alohida qilinadi.

  1. 1

    Formani WPForms Builder’da oching

    WPForms ichida kerakli formani visual builder’da oching.

  2. 2

    Settings’ga o‘ting

    Chap paneldan forma Settings bo‘limini oching.

  3. 3

    OrderRepo bo‘limini tanlang

    Settings ro‘yxatida alohida OrderRepo bo‘limini toping.

  4. 4

    Integratsiyani yoqib, event key kiriting

    Integratsiyani yoqing, event key yozing va formani saqlang.

Agar OrderRepo bo‘limi darhol ko‘rinmasa, builder sahifasini to‘liq refresh qiling. WPForms ba’zan yangi bo‘limlarni faqat to‘liq yuklangandan keyin ko‘rsatadi.
WPForms Screenshot

WPForms ichidagi OrderRepo sozlamalari

Bu yerga WPForms Builder ichidagi Settings -> OrderRepo screenshot’ini joylashtiring.

Sozlangandan keyin tekshirish ro‘yxati

  • Settings ichida OrderRepo bo‘limi ko‘rinadi.
  • To‘g‘ri formada integratsiya yoqilgan.
  • Test submit OrderRepo’da event sifatida paydo bo‘ldi.
Elementor Qo‘llab-quvvatlanadi

Elementor Form widget -> Actions After Submit

Elementor Forms uchun OrderRepo Actions After Submit ichida alohida action sifatida qo‘shiladi. Shu action tanlangandan keyin maxsus OrderRepo sozlamalari chiqadi.

  1. 1

    Sahifani Elementor’da oching

    Form widget ishlatiladigan sahifani Elementor orqali tahrirlang.

  2. 2

    Form widget’ni tanlang

    Kerakli forma widget’ining sozlamalarini o‘ng panelda oching.

  3. 3

    OrderRepo action’ni qo‘shing

    Actions After Submit ichida OrderRepo’ni post-submit action sifatida qo‘shing.

  4. 4

    Event key’ni kiriting

    Action qo‘shilgandan keyin OrderRepo bo‘limi paydo bo‘ladi. Shu yerga event key yozib, sahifani saqlang.

Elementor’da aynan OrderRepo action event yuborishni ishga tushiradi. Action tanlanmasa, forma vizual ishlasa ham event ketmaydi.
Elementor Screenshot

Elementor Forms ichida OrderRepo action

Bu yerga Form widget’da Actions After Submit va OrderRepo event key bo‘limi ko‘rinadigan screenshot joylashtiring.

Sozlangandan keyin tekshirish ro‘yxati

  • OrderRepo Actions After Submit ichiga qo‘shilgan.
  • Widget sozlamalarida OrderRepo bo‘limi ko‘rinadi.
  • Event key sahifa bilan birga saqlangan.
Fluent Qo‘llab-quvvatlanadi

Fluent Forms -> Settings & Integrations -> OrderRepo

Fluent Forms uchun har bir forma ichida alohida OrderRepo ekran mavjud. Shu ekran orqali integratsiya yoqiladi va event key saqlanadi.

  1. 1

    Formani Fluent Forms ichida oching

    Fluent Forms ga o‘ting va kerakli formani tahrirlashga oching.

  2. 2

    Settings & Integrations bo‘limini oching

    Forma sozlamalarida Settings & Integrations bo‘limiga o‘ting.

  3. 3

    OrderRepo sahifasini tanlang

    Ichki sozlamalar ro‘yxatidan OrderRepo sahifasini toping.

  4. 4

    Event key’ni saqlang

    Integratsiyani yoqing, event key yozing va forma sozlamalarini saqlang.

Agar event key bo‘sh qolsa, Fluent Forms qaysi OrderRepo event’ni yuborishni bilmaydi. Bu integratsiyada key odatda forma darajasida aniq beriladi.
Fluent Forms Screenshot

Fluent Forms ichidagi OrderRepo ekrani

Bu yerga Fluent Forms forma ichidagi Settings & Integrations -> OrderRepo sahifasi screenshot’ini joylashtiring.

Sozlangandan keyin tekshirish ro‘yxati

  • Forma ichida OrderRepo sahifasi mavjud.
  • Sozlamalar xatosiz saqlangan.
  • Muvaffaqiyatli submit diagnostikada ko‘ringan.
Forminator Qo‘llab-quvvatlanadi

Forminator -> Integrations -> OrderRepo

Forminator native addon ko‘rinishida integratsiyalangan. Avval OrderRepo global Integrations ro‘yxatida ko‘rinadi, keyin esa har bir forma ichida connection qilinadi.

  1. 1

    Forminator Integrations sahifasini oching

    Forminator umumiy Integrations sahifasiga o‘ting va OrderRepo’ni xizmatlar ro‘yxatidan toping.

  2. 2

    Asosiy plagin konfiguratsiyasini tekshiring

    Forminator API key va default event key’ni OrderRepo plaginining asosiy sozlamalaridan oladi, shuning uchun bu yerda ularni qayta kiritish shart emas.

  3. 3

    Kerakli formani oching

    Keyin aniq forma ichiga o‘tib, uning Integrations tab’ini oching.

  4. 4

    OrderRepo connection yarating

    Forma uchun OrderRepo connection qo‘shing va kerak bo‘lsa aynan shu forma uchun alohida event key kiriting.

Forminator’da ikki qatlam bor: global addon va forma ichidagi connection. Addon ko‘rinib tursa-yu, connection bo‘lmasa, event yuborilmaydi.
Forminator Screenshot

Forminator Integrations ichida OrderRepo

Bu yerga global integration sahifasi yoki forma connection sozlamasi screenshot’ini joylashtiring.

Sozlangandan keyin tekshirish ro‘yxati

  • OrderRepo global Integrations sahifasida ko‘rinadi.
  • Kerakli formada OrderRepo connection yaratilgan.
  • Connection o‘z event key’idan yoki global default’dan foydalanmoqda.
Gravity Qo‘llab-quvvatlanadi

Gravity Forms -> Form Settings -> OrderRepo

Gravity Forms ichida plagin nativ forma sozlamalariga alohida OrderRepo bo‘limini qo‘shadi. Integratsiya va event key shu yerda sozlanadi.

  1. 1

    Formani Gravity Forms ichida oching

    Gravity Forms ga o‘ting va OrderRepo bilan bog‘lamoqchi bo‘lgan formani tanlang.

  2. 2

    Form Settings ni oching

    Settings -> Form Settings orqali standart forma sozlamalariga o‘ting.

  3. 3

    OrderRepo bo‘limini toping

    Sozlamalar sahifasi ichidan OrderRepo blokigacha skroll qiling.

  4. 4

    Integratsiyani yoqib, event key kiriting

    Integratsiyani yoqing, event key yozing va forma sozlamalarini saqlang.

Agar event key bo‘sh qoldirilsa, asosiy plagin sozlamalarida global default event key oldindan belgilangan bo‘lsa yaxshi bo‘ladi. Shunda Gravity Forms fallback sifatida undan foydalanishi mumkin.
Gravity Forms Screenshot

Gravity Forms ichidagi OrderRepo bo‘limi

Bu yerga OrderRepo bloki va event key maydoni ko‘rinadigan Form Settings screenshot’ini joylashtiring.

Sozlangandan keyin tekshirish ro‘yxati

  • Form Settings ichida OrderRepo bo‘limi ko‘rindi.
  • Kerakli forma uchun integratsiya yoqilgan.
  • Test submit’dan keyin event OrderRepo’da ko‘rindi.
Custom Frontend bridge

data-orderreport-event orqali custom formalar

Agar tayyor forma plaginidan foydalanmasangiz, oddiy HTML-formani frontend bridge orqali ulashingiz mumkin. Buning uchun event key bilan bitta atribut qo‘shish kifoya.

  1. 1

    Formaga data-orderreport-event qo‘shing

    Form elementiga data-orderreport-event="your_event_key" atributini yozing.

  2. 2

    Barcha field’larda name atributi bo‘lsin

    Plagin FormData orqali qiymatlarni yig‘adi, shuning uchun input, select va textarea elementlarida name atributlari bo‘lishi kerak.

  3. 3

    Haqiqiy submit button ishlating

    Avtomatik tracking uchun button type="submit" yoki input type="submit" dan foydalaning.

  4. 4

    Kerak bo‘lsa browser loglarini tekshiring

    Frontend script DevTools ichida [OrderRepo] prefiksi bilan log yozadi. Bu payload yig‘ilganmi va yuborilganmi, shuni ko‘rishga yordam beradi.

Agar input type="button" ishlatsangiz, brauzer nativ submit event chiqarmaydi va avtomatik tracking ishlamaydi.
Custom Form Screenshot

data-orderreport-event bilan HTML-forma

Bu yerga HTML misol yoki DevTools’dagi muvaffaqiyatli frontend log screenshot’ini joylashtiring.

Sozlangandan keyin tekshirish ro‘yxati

  • Forma ichida data-orderreport-event mavjud.
  • Har bir kerakli field’da name atributi bor.
  • Forma haqiqiy submit action orqali yuboriladi.